25 fev 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning menejeri: "Naoya Inoue jamoasi bilan muzokaralarimiz ijobiy ketyapti"
Ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA Interim chempioni, o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievning menejeri Vadim Kornilov divizionning mutlaq chempioni Naoya Inouening vakillari bilan jang bo'yicha muzokara olib borilayotganini aytdi.
"Aslida, hozirga kelib, hammasi oydinlashmoqda. Inoue jamoasi bilan ijobiy muzokaralar olib boryapmiz. Uning may oyida, keyin esa 14 sentyabrda Yaponiyada jang o'tkazishi haqida ko'p gapirilmoqda", dedi Kornilov.
The Ring xabariga ko'ra, Inoue va Ahmadaliev qarama-qarshiligi 2025 yil oxirida tashkil etilishi mumkin.
Avvalroq, Naoya 3 may kuni Devid Pikassoga qarshi jang qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar