30 mar 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada o'tkazilishi aytildi
Ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA Interim chempioni bo'lib turgan Murodjon Ahmadaliev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi.
Faqat buning uchun 4 may tongida Las-Vegasda bo'lib o'tadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliev esa hozircha nomalum bo'lgan raqibini engishi talab etiladi.
Murodjonning menejeri Vadim Kornilovning so'zlariga ko'ra, Inoue — Ahmadaliev jangi 14 sentyabr sanasida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkazilishi rejalashtirilyapti. Avvalroq, charm qo'lqop ustamiz Naoyaga murojaat qilib, istagalgan joyda, hatto raqibining vatanida ham jang o'tkazishga tayyorligini aytgandi.
Havola :
Manba : Мир Бокса
Fikrlar