17 sen 12:13
Yangiliklar

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangi yuzasidan muzokara o'tkazilmoqda: ehtimoliy jang sanasi va raqibi aniq
Boksga ixtisoslashgan nufuzli BoxingScene nashrining malumot berishicha, Ahmadaliev 27 yoki 28 noyabr kuni "Matchroom Boxing" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan shouda himoya jangini o'tkazadi.
O'sha kuni bokschimiz kamarlarini IBF yo'nalishida majburiy davogar va IBF Interim kamari egasi hisoblangan yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qilishi lozim.
Hozircha bu borada yakuniy qaror elon qilinmagan.
Malumot uchun, Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) IBF va WBA kamaralari sohibi hisoblanadi. U prof ringda 8 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Yaponiyalik 30 yoshli Ivasa esa shu kungacha prof boksda 30 ta jang o'tkazib, ularning 27 tasida g'alaba qozongan (17 ta nokaut). 3 marotaba mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut). U 2019 yilning dekabrida AQSHda o'tkazilgan jangda filippinlik Marlon Tapalesni mag'lubiyatga uchratib, IBF yo'nalishida vaqtinchalik chempionga aylangandi.
Fikrlar