09 jan 10:40
Yangiliklar

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi malum bo'ldi
IBF tomonidan berilgan buyruqqa ko'ra, jang majburiy davogar, filippinlik Marlon Tapalesga qarshi bo'lib o'tishi lozim.
BoxingScene xabariga ko'ra, ayni paytda jang bo'yicha muzokaralar o'tkazilmoqda. Agar tomonlar 2 fevralga qadar kelisha olmasalar, jangni tashkil etish bo'yicha ochiq aukcion, yani kimoshdi savdosi o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev so'nggi jangini noyabr oyida AQSHning Manchester shahrida Xose Velaskesga qarshi o'tkazgan va 12 raundlik jangda raqibini ochkolar evaziga mag'lub etgan edi.
Filippinlik Marlon Tapales shu kungacha prof ringda 38 ta jang o'tkazib, ularning 35 tasida g'alaba qozongan (18 ta nokaut). 3 ta jangda mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut). U yutqazgan bokschilar ro'yxatida Murodjondan engilgan yaponiyalik Ryosuke Ivasani ham ko'rishimiz mumkin.
Fikrlar