06 mar 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi Marlon Tapales qaytmoqda, uning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq
Ikkinchi eng engil vaznda filippinlik WBA va IBF yo'nalishlari bo'yicha sobiq chempion Marlon Tapales (38-4, 20 KO)ning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
32 yoshli charm qo'lqop ustasining navbatdagi raqibi WBC Asian chempioni, indoneziyalik Jon Jet (15-1, 12 KO) bo'ladi. Jang 14 aprel kuni Kambodjada WBC International Silver chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Marlon Tapales 2023 yil aprel oyida o'zbekistonlik sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : Fight News
Fikrlar