22 apr 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Murodjon Ahmadalievning Toshkentda jang qilishi tasdiqlandi (POSTER)
29 may kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida WBC Eurasia professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Avval xabar berganimizdek, turnirning markaziy jangida o'zbekistonlik professional bokschi, super engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ringga ko'tariladi. 31 yoshli Murodjonga turnir doirasida Venesuela vakili Egli Moskeda raqib bo'ladi.
Tashkilotchilar jangni rasman tasdiqlashdi.
Malumot uchun, Murodjon Ahmadaliev faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yashar Moskeda hisobida esa 27 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar