16 fev 07:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Murodjon Ahmadalievning vaznidagi mutlaq jahon chempioni muhim yangilikni elon qildi
Birinchi yarim engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue yangi vaznga o'tish niyatida.
"Bu yil uchta jang o'tkazishni reja qilyapman. Ishonchim komilki, uchta jangning barchasi birinchi yarim engil vaznda bo'ladi. Mening yarim engil vazn toifasiga o'tishim keyingi yil tanamni qanday his qilishimga bog'liq. Katta ehtimol bilan, men faqatgina yarim engil vazngacha o'ta olaman", - dedi Inoue.
Eslatib o'tamiz, Naoya 6 may kuni Tokioda (Yaponiya) Luis Neriga qarshi ringga chiqadi. Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev Naoya Inouening WBA yo'nalishidagi kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : TheRing
Fikrlar