06 dek 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning vaznidagi sobiq jahon chempioni vafot etdi
Ikkinchi eng engil vaznda IBF va WBC yo'nalishlari bo'yicha sobiq jahon chempioni Israel Vaskes saraton kasali tufayli 46 yoshida vafot etdi.
Bu haqda WBC (Jahon boks kengashi) prezidenti Maurisio Suleyman malum qildi.
"Ringdagi, lekin eng muhimi, undan tashqaridagi harakatlaring bilan bizga ko'plab ajoyib xotiralar ulashganing uchun rahmat, Israel. Endi sen abadiysan", deb yozdi o'zining "Tvitter"dagi sahifasida Suleyman.
Vaskes 2010 yilda professional faoliyatini yakunlagandi. U 49 ta jang o'tkazib, 44 tasida g'alaba qozongan (32 tasi nokaut bilan), 5 tasida mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar