So’nggi yangiliklar

18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0 12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0

24 avg 14:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Mustaqil O'zbekiston bokschilari Osiyo o'yinlarida (natijalar va barcha sovrindorlarimiz)

Yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami munosabati bilan o'zbekistonlik bokschilarning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid malumotlarni etiboringizga havola qilmoqchimiz.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng ilk marotaba 1994 yilda terma jamoa sifatida Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan.

O'sha musobaqada charm qo'lqop ustalarimiz 4 ta medal (2 ta oltin va 2 ta bronza) qo'lga kiritishgan:

Oltin: Alisher Avezbaev, Oleg Maskaev

Bronza: Nariman Ataev, Dilshod Yorbekov

O'zbek bokschilari o'sha Osiyo o'yinlarida umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinni egallashgan.


1998 yilda Bangkok mezbonlik qilgan Osiyo Olimpiadasi 4 yil oldingiga nisbatan muvaffaqiyatli kechgan. Bokschilarimiz umumiy hisobda 9 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza) medallariga ega chiqishgan.

Oltin: Muhammadqodir Abdullaev, Sergey Mixaylov, Ruslan CHagaev

Kumush: Timur Tulyakov, To'lqinboy Turg'unov, Timur Suleymanov, Dilshod Yorbekov

Bronza: Narimon Ataev, Lazizbek Zokirov

Vakillarimiz o'shanda 9 ta medal qo'lga kiritib medallar soni bo'yicha birinchi bo'lishgan. Medallar sifati bo'yicha esa mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni egallaganmiz.

2002 yili Pusan mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston gegemoniyasi boshlangan. Bahslarda vakillarimiz 9 ta medal (5 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) qo'lga kiritganlar.

Oltin: Dilshod Mahmudov, O'tkirbek Haydarov, Ikrom Berdiev, Sergey Mixaylov, Rustam Saidov

Kumush: Bekzod Xidirov

Bronza: Baxit Sarsekbaev, SHerzod Husanov, Sirojiddin Naimov

Terma jamoamiz Janubiy Koreya mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida medallar sifati bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan.


Qitadagi etakchilik 2006 yilgi Osiyo o'yinlarida ham davom ettiriladi. Vakillarimiz Doha mezbonlik qilgan musobaqadan 6 ta (3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza) medali bilan qaytishgan.

Oltin: Bahodirjon Sultonov, Elshod Rasulov, Rustam Saidov

Kumush: Jasur Matchanov

Bronza: Bekzod Xidirov, Dilshod Mahmudov

Bokschilarimiz 6 ta medalni terma jamoamiz delegaciyasiga qo'shib qo'yishgan va umumjamoa hisobida birinchi bo'lganlar.


2010 yilgi Guanchjou mezbonlik qilgan Osiyo Olimpiadasidan vakillarimiz 5 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza) bilan qaytishgan.

Oltin: Elshod Rasulov

Kumush: O'ktamjon Rahmonov, Abbos Atoev

Bronza: Xurshid Tojiboev, Sanjarbek Rahmonov

O'sha yili bokschilarimiz umumjamoa hisobida to'rtinchi pog'onadan o'rin egallashgan edi.


2014 yili Incheon mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlari o'zbekistonlik bokschilar uchun eng muvaffaqiyatsizi deb hisoblasak bo'ladi. Umuman olganda, o'sha Osiyo o'yinlari ikki yildan keyin o'tkaziladigan Rio Olimpiadasi uchun «qurbon qilingan» desak adashmaymiz. Vakillarimiz 2014 yili Janubiy Koreyadagi Osiyo o'yinlaridan 2 ta kumush va 2 ta bronza bilan qaytganlar.

Kumush: SHahobiddin Zoirov, Isroil Madrimov

Bronza: Oybek Mamazulunov, Mirzohid Abdullaev

O'sha Osiyo o'yinlarida bokschilarimiz umumjamoa hisobida 8-o'rinni egallashgan.



2018 yilgi Osiyo o'yinlari esa nafaqat o'zbek boksi, balki butun boshli o'zbek sporti tarixida o'ziga xos iz qoldirgan. O'sha yili Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida bokschilarimiz 7 ta vazn toifasida 7 ta medal (5 ta oltin, 2 ta kumush) medallariga ega chiqqanlar. Etibor bergan bo'lsangiz, har bir vazn toifasida o'zbek bokschilari finalga qadar etib borganlar.

Oltin: Jasurbek Latipov, Mirazizbek Mirzahalilov, Iqboljon Xoldorov, Bobousmon Baturov, Isroil Madrimov

Kumush: Hasanboy Do'smatov, SHunqor Abdurasulov

Bokschilarimiz Jakartadagi Osiyo o'yinlarida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashgan.


Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zbek bokschilari Osiyo o'yinlarida umumiy hisobda 44 ta medalni delegaciyamiz hisobiga qo'shib qo'ygan.

SHu jumladan:

19 ta oltin

12 ta kumush

13 bronza.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing