02 dek 17:05
Yangiliklar
Mutlaq jahon chempioni Forbes ro'yxatida
Klaressadan tashqari Forbes`ning ushbu ro'yxatiga yana uch sportchi kiritildi: "Finiks Sanz" klubi himoyachisi Devin Buker, "Toronto Blyu Jeys" vakili Vladimir Gerrero hamda "Dallas Kovboyz" azosi Dak Preskott.
Forbes jurnalining ushbu reytingi dunyoning 30 yoshgacha insonlari orasida jahon miqyosida etirofga erishganlardan tuzib chiqiladi.
Eslatib o'tamiz, SHilds oktyabr oyida AQSHning Gollivud shahridagi Hard Rock Hoteland Casino arenasida aralash yakkakurash prmousheni (PFL) tomonidan tashkil etilgan MMA turnirida meksikalik Abigeyl Montesga qarshi oktagonga ko'tarilgandi. Montes o'sha jangda hakamlar qaroriga ko'ra 29-28 (SHilds), 29-28 (Montes), 29-28 (Montec) bokschi raqibasidan 2:1 hisobida ustun kelgandi. Ushbu g'alaba evaziga meksikalik 1 mln dollar ishlab olgan edi.
Endi SHilds 11 dekabr kuni Buyuk Britaniyada o'tkaziladigan boks oqshomida o'rta vaznda o'ziga tegishli bo'lgan WBC, WBA va IBF kamarlarini sloveniyalik Ema Kozindan himoya qiladi.
Fikrlar