10 jan 10:11
Yangiliklar

Mutlaq jahon chempionining raqibi malum
Lomachenkoni mag'lubiyatga uchratib, katta shov-shuv sababchisiga aylangan Lopes o'zining IBF kamariga rasmiy davogar avstraliyalik Jorj Kembososga qarshi ringga ko'tariladi. SHunday qarorga IBF tashkiloti kelgan. Endi tomonlar bir oy ichida jang sanasi va shartlari bo'yicha o'zaro kelishib olishlari lozim. Aks holda promouterlar o'rtasida ochiq savdo o'tkaziladi.
"Engil vaznda IBF chempioni Teofimo Lopes 2019 yilning 14 dekabr kuni ushbu kamarni qo'lga kiritgandi. Majburiy himoya 2020 yilning 14 sentyabr kuniga qadar o'tkazilishi shart edi. Endi Lopes va Kembososning menejerlari 6 fevralgacha o'zaro jang shartlari bo'yicha kelishib olishlari lozim. Agar kelisha olishmasa, IBF ochiq savdoga ruxsat beradi", — deyiladi tashkilot rasmiy bayonotida.
Fikrlar