So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

28 may 17:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

MUTOLAA UCHUN: Boks tarixidagi dahshatli qaytishlar: Muhammad Ali, Forman, Klichko, Tayson...

Mutolaa uchun ruknimizning bugungi sonida boksdagi muvaffaqiyatli qaytishlarni eslaymiz.

Vitaliy Klichko 

33 yoshida Vitaliy Klichko WBC chempioni va ajoyib rekord sohibi edi. 35 g'alaba (34 nokaut) va 2 mag'lubiyat. U jarohati sababidan Kris Byord va Lennoks Lyuisga imkoniyatni boy berib qo'ygan. 2005 yilda Vitaliy Hasim Rahmon bilan to'qnash kelishi kerak edi, ammo jang 4 marotaba bekor qilingan. SHundan so'ng, Klichko faoliyatini yakunlashini elon qildi. "Oxirgi paytlarda raqiblarim bilan kamroq, jarohatlarim bilan ko'proq jang qilyapman. Men boksdagi faoliyatimning cho'qqisida sportni tark etishga qaror qildim. CHempionlik kamarimni WBC qo'liga topshiraman", degandi o'shanda bokschi. 

Ammo oradan 4 yil o'tib, ukrainalik bokschi ringga qaytdi va birinchi jangida Samuel Piterni sakkizinchi raundda nokautga uchratib, WBC kamarini qaytarib oldi. Ring jurnali bu jangni “yil qaytishi” deb nomladi. O'shanda Vitaliy 37 yoshda edi. U 41 yoshigacha boks ringida bo'ldi. Klichko SHennon Briggs, Tomas Adamek va Derek CHisora kabi davogarlarni mag'lub etib, kamarini himoya qildi. 

Tayson Fyuri 

Dastlabki 7 yilda Fyuri muntazam ravishda raqiblarini “er tishlatib” chempionlik jangi tomon yurdi. Ortda qolgan qiyinchiliklardan so'ng 27 yoshida Vladimir Klichko bilan chempionlik jangida uni hakamlarning yakdil qarori bilan engib, 3 ta kamar sohibiga aylandi. Revansh jangi kelasi yilga rejalashtirilgan edi, ammo bu vaqtga kelib, Tayson 150 kg vaznga ega bo'ldi va kamiga kokain bilan qo'lga tushdi. “Men uyg'onishni istamayman. Har kuni o'laman. Uch farzandingiz va bir xotiningiz bor, yashash yaxshi, to'g'rimi?! Lekin men yashashni xohlamayman”, degandi o'sha payt “Lo'lilar qiroli”. 

Bir yillik falokatli hayotdan keyin britaniyalik bokschi ringga qaytishi haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Bunga ishonish qiyin edi, biroq ijtimoy tarmoqlarda uning zalda shug'ullanayotganligi aks etgan suratlar paydo bo'lganidan keyin ko'pchilik bunga ishona boshladi. 2018 yilga kelib, Fyuri 51 kg vazn yo'qotdi va 3 ta "tayyorgarlik" jangidan keyin WBC chempioni Deontey Uaylder bilan uchrashdi. Tayson yaxshi jang o'tkazdi: uning tezligi va reflekslari yo'qolmagandi. Bu chiqishi orqali “fil odam” yangi muxlislar orttirdi. Bir yildan so'ng faoliyatidagi eng yaxshi formasiga kirib, Uaylderni 7-raundda nokautga uchratib, yana tengsiz bo'ldi. 

Muhammad Ali 

Eng mashhur qaytish hikoyasi! 1967 yilda Ali Floyd Patterson va Sonni Liston ustidan g'alaba qozonib, 25 yoshida ko'p karra chempion bo'lgan. Vetnamda urush boshlandi va Muhammad armiyaga chaqirildi, lekin u vijdon tufayli xizmat qilishdan bosh tortdi. “Eshiting, men Vetkong bilan urushmaganman. Nega forma kiyib, uyimdan 10 000 mil uzoqlikka borishim kerak? Nega Vetnamda bug'doyrangli odamlarni otib tashlashim kerak? Vaholanki, Luisvilldagi negrlarga itdek munosabatda bo'lishadi”, deya armiyani rad qilgandi Ali. 

Butun mamlakat bo'ylab atletika komissiyalari darhol Alini boks licenziyasi va chempionlik maqomidan mahrum qildi va sudda hakamlar hayati uni majburiyatidan bo'yin tovlaganlikda aybdor deb topdi. Afsona 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq AQSH oliy sudida tinglovlar bo'lib o'tayotgan paytda u ko'plab universitetlarda bo'lib, urushga qarshi va qora tanlilar huquqlarini himoya qildi hamda tinglovchilardan keng ko'lamli yordam oldi. 1970 yilda Atlanta atletik qo'mtasi mahalliy qora tanli siyosatchilar va faollarning tasiri tufayli Aliga boks licenziyasini qaytarib berdi. Muhammad uch yarim yildan so'ng ringga qaytdi va Jerri Karrini uchinchi raundda mag'lub etdi. 1971 yilga kelib, Oliy sud bokschini oqladi. U karerasini davom ettirdi va o'sha davrning eng yaxshilari - Jo Freyzer, Jorj Forman hamda Ken Norton bilan janglar o'tkazdi.  

Jorj Forman

Formanning bolaligi og'ir o'tgan. U 15 yoshida maktabni tashlab, ko'chada mayda bezorilik qildi. 20 yoshida esa professional bokschiga aylandi. Bir yilda 13 ta g'alaba (11 nokaut) qo'lga kiritdi. 1973 yilda Jorj mag'lubiyatsiz Jo Freyzerni ikki raundda 6 marotaba nokdaun holatiga tushirib, chempion bo'ldi. Ko'p o'tmay, Forman Zoir davlatida Muhammad Aliga nokaut bilan engilib, kamarlaridan mosuvo bo'ldi. 1977 yilda u Jimmi Yangga yutqazib qo'ydi. Jangdan so'ng kiyinish xonasida o'zini yomon his qila boshladi. 

Amerikalik bokschi faoliyatini to'xtatib, keyingi 10 yilni ko'chalarda va cherkovda vaz qilish bilan o'tkazdi. Keyinroq yoshlar markazini ham ochdi. Vaqt o'tishi bilan yoshlar markazini saqlab qolish uchun pul kerak edi, shuning uchun Jorj 38 yoshida ringga qaytadi. Avvaliga u 121 kg vaznga ega edi, biroq bokschining zarba kuchi yo'qolmagandi. Vaqt o'tishi bilan Forman o'zining eski formasini tiklashga erishdi. Ketma-ket 24 g'alabadan keyin Jorj chempionlik janglarida Evander Xolifild va Tommi Morrisonga yutqazib qo'ydi. 1994 yilda esa Maykl Murrerga qarshi bahsda kuchli zarbasi bilan 10-raundda uni nokautga uchratib, chempionlikni qo'lga kiritdi. O'shanda Jorj Forman 45 yoshda edi!

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing