So’nggi yangiliklar

17:25Дмитрий Бивол Усик ва Фьюри жанги учун тахминини айтди 0 17:01О'Мэлли: "Мераб Умарни мағлуб этишини ва у билан реванш жангини ўтказишни истайман" 0 16:38Рамос собиқ жамоадошига шогирд бўлиши мумкин 0 16:16Томас Бах: "Агар мамлакатлар медал қўлга киритишни хоҳласа, унда янги федерацияга ўтишсин" 0 15:52Иноуэ - Гудман жанги бир ойга кечиктирилди, бунга жароҳат сабаб + ФОТО 0 15:27Царукян Ислам Махачевни нокаут қилган ягона жангчини топиб, у билан машғулот ўтказди 0 15:05Аббос Файзуллаев - йилнинг энг яхши футболчиси, Кападзе эса энг яхши мураббий 0 14:47Абдусалом Азизов ЎФА президенти сифатидаги фаолиятини давом эттиради 0 14:41"Ҳумо" бугун сафарда севимли рақиби — "Иртиш" меҳмони бўлади 0 14:20Қозоғистонлик боксчи Исроил Мадримовнинг собиқ рақиби билан жанг қилди 0 13:58Transfermarkt Мессининг нархини ҳам туширди 0 13:37UFC собиқ жангчиси 18 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилиниши мумкин 0 13:15Бугун Жаҳон чемпионатида Руслан Нурудинов ва яна икки спортчимиз ғолиблик учун баҳс олиб боради 0 12:54Муроджон Аҳмадалиев бугун профессионал боксда навбатдаги жангини ўтказади (Барча тафсилотлар) 0 12:29Бугун "Реал"нинг финалдаги рақиби номи маълум бўлади 0

09 noy 18:03
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

MUTOLAA VAQTI: Muhammad Ali "qirol" ekanini isbotlagan oqshom yoxud o'rmonda shovqin ko'targan jang

Bundan yarim asr oldin, 1974 yilning 30 oktyabrida XX asrning eng mashhur boks janglaridan biri bo'lib o'tgandi.

O'shanda og'ir vazn toifasida jahon chempioni Jorj Forman afsonaviy Muhammad Ali bilan bahs olib borgandi. Ali jangda yaqqol favorit bo'lishiga qaramay, ushbu to'qnashuvning qiziq o'tishi kutilayotgandi. Bu jang nihoyatda qiyin sharoitda o'tdi. Jang 60 000 muxlisga mo'ljallangan Kongo Demokratik Respubikasi (o'sha paytda davlat nomi Zoir edi) poytaxti Kinshasa shahrida tong sahar soat 4 da tashkil etilgandi.

Ikki bokschining yuqori darajasi va butun dunyo bo'ylab mashhurligi sababli bu jangni tashkil qilishda muammolar yuzaga kelgandi. O'sha paytda hech kim ikki qora tanli sportchiga katta gonorar to'lashni istamagandi, chunki bu jang AQSHda katta shov-shuv ko'tarmasligi, barcha sarf-harajatlarni qoplamasligi taxmin qilingan edi. SHuningdek, Ali o'sha paytda harbiy xizmatni rad etgani uchun hali to'liq reabilitaciya qilinmagandi va shu sababli u bir necha yilga diskvalifikaciya qilingandi.

SHunda, o'sha paytda kam tanilgan Don King diqqat markaziga chiqdi. Qamoqdan chiqqanidan so'ng King boks promouteri sifatida faoliyat yuritishga qaror qildi, garchi bu sohada hech qanday tajribaga ega bo'lmasa-da. SHunga qaramay, u Ali bilan mustahkam aloqalar o'rnatishga muvaffaq bo'ldi va bu imkoniyatni qo'ldan boy bermadi. U juda ajoyib fikrni ilgari surdi: agar AQSHda jangni o'tkazish imkonsiz bo'lsa, nega bokschilarni Amerika tashqarisiga olib chiqmaslik kerak? Masalan, Afrikaga! Ikki qora tanli bokschi Afrikada jang qiladi, u erda bunga qiziqish ancha yuqori bo'ladi – qitada bunday katta boks jangi hech qachon o'tkazilmagan.

Ammo bu fikr nafaqat dahshatli, balki shubhali ham edi. Birinchi navbatda, Afrikada bunday jang uchun kerakli infratuzilma yo'q edi, ikkinchidan, qitadagi sharoitlar, shu jumladan iqlim, jahon chempionligi unvoni uchun bahs o'tkazishni shubha ostiga qo'yardi. Va uchinchi masala, agar AQSHda har bir bokschiga 5 million dollar miqdorida haq to'lashni topa olishmagan bo'lsa, qanday qilib bunday pullarni kambag'al Afrikadan topish mumkin?

King deyarli barcha vaziyatlardan chiqish yo'lini topdi. Birinchi o'rinda, u pul topdi – bu ishda unga Kongoning diktator rahbari Mobutu yordam berdi. U promouterning taklifiga rozi bo'ldi: "Bunday jang Afrika tarixida hech qachon o'tkazilmagan va bu tabiiyki, tarixga kiradi". Mobutu pul topdi hamda asr jangini Kongoda o'tkazishni taminladi. U erda barcha zarur infratuzilma tayyorlandi – bokschilar 60 ming tomoshabin sig'adigan stadionda to'qnashishi kerak edi.

King bokschilarni Afrikada jang o'tkazishga ishontira oldi, albatta, asosiy masala gonorar to'lovlari edi. Mashg'ulot uchun sharoitlarni muhayyo qilishda Kingning imkoniyatlari cheklangandi. Ali va Forman Kongoga oldinroq kelishga majbur bo'lishdi. Aslida jang 1974 yilning sentyabr oyida o'tkazilishi kerak edi, biroq Forman va Ali o'sha yilning yozini Kongoda o'tkazib, iqlimga moslashishga majbur bo'lishdi. Issiq iqlim bokschilar uchun katta jismoniy yuklama berardi, ayniqsa bu 15 raundlik og'ir vazn boks jangiga tayyorlanish bo'lsa.

Forman odamlar bilan aloqani uzib, mehmonxona bazasida mashq qilardi. Bu ideal holat emasdi, lekin boshqa imkoniyat ham yo'q edi. Ali bo'lsa boshqa taktika tanladi. Rokki Balbao kabi ko'chada mashq qilib, iqlimga moslashish, mahalliy aholini o'z tomoniga og'dirishga harakat qildi. Dunyoning eng yaxshi bokschilari uchun trening lagerlari albatta murakkab bo'ldi, ammo ikkala bokschi ham bunga rozilik bildirishdi. Qiziqarli tomoni shundaki, "yozgi tatil" Kongoda uzayib ketdi – Forman jiddiy jarohat oldi, jang oktyabrning oxiriga ko'chirildi.

Biroq, Kinshasada o'tkazilgan uzoq tayyorgarlik ham Forman yoki Ali uchun foyda bermadi. Ehtimol, jang o'tkazilishining yana bir ekstremal sharoiti ham rol o'ynagan bo'lishi mumkin: bahs AQSHga translyaciya qilinishi uchun, jang boshlanish vaqti amerikaliklar uchun noqulay edi. SHuning uchun ushbu to'qnashuv Afrika vaqti bilan soat tonggi soat 4 da bo'lib o'tdi.



Qochishning imkoni yo'q edi. 60 ming kongolik tomoshabinlar butun tun davomida uxlamay, afsonaviy qarama-qarshilikni tomosha qilishni intiqliq ila kutishdi. Forman, taxmin qilganimizdek, jangning boshidan hujumga o'tdi.

Muhammad juda ko'p harakat qildi, yosh chempion bilan klinchdan qochishga harakat qildi, ammo Forman bunga yo'l qo'ymaslikka intilardi. SHunda Ali kanatlarga suyanib, o'zining butun vaznini unga tashlab, ko'proq himoyalanishga qaror qildi. SHu tariqa o'ziga qo'shimcha bo'shliq yaratdi. Eslatib o'tish joizki, Formanning burchagi har bir raunddan keyin kanatlar etarlicha tortilmaganidan shikoyat qilardi, biroq hakam bunga etibor bermasdi.

Jorjning boshlang'ich raundlarda jangni yakunlash uchun bir necha yaxshi imkoniyati bo'ldi. Forman kuchli zarbalar berar, Alining qiyin ahvolda ekanini ko'rish unga yanada shijoat bag'ishladi. Har qanday boshqa bokschi allaqachon nokautga tushgan bo'lar edi, ammo Muhammad bardosh berdi. Faqat bardosh berib qolmadi, balki chempionni charchatdi. Kongodagi iqlim sharoitlarini eslab, unga Formanning katta mushak massasi va hamma hujumlarning kuchini qo'shsak, jangning yarmiga kelib Forman turishga qiynala boshladi. Beshinchi raunddan boshlab, Ali ringda ustunlikni qo'lga oldi. Sakkizinchi raundda esa u Jorjni ringga yiqitdi. CHempion o'rnidan turdi, hakam jangni to'xtatdi. Muhammad katta sensaciya yaratdi, alaloqibat yana bir bor "buyuk" degan laqabga o'zining haqli ekanini isbotladi. O'z navbatida, jang hamda uning atrofidagi barcha voqealar butun dunyo boks tarixiga abadiy kiritildi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing