30 iyu 08:59
Yangiliklar
Sport kurashlari
Muxlisa Masharipova finalda, Azimovada bronza uchun imkoniyat bor + FOTO
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U17) o'rtasida davom etayotgan jahon chempionatida ayollar kurashi bahslari ham o'tkazilmoqda.
Ayollar kurashi musobaqasining birinchi kuni terma jamoamiz azosi Muxlisa Masharipova (43 kg) muvaffaqiyatli ishtirok etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U bugun hal qiluvchi final bellashuvida germaniyalik Finja Vivian SHtrauchga qarshi gilamga chiqadi.
Malumot uchun, Muxlisa 1/8 finalda AQSH vakilasi Syuzanna Landini 10:0, 1/4 finalda yaponiyalik Sera Furuichini 5:1, 1/2 finalda kanadalik Maya Naykerni 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
65 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHahzoda Azimova esa bugun bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida ukrainalik Irina Buxtinaga qarshi gilamga chiqadi.






Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar