31 dek 18:07
Yangiliklar
Muxlislar vafot etgan Joshuaning murabbiyi sharafiga masjid qurilishi uchun 180 000 dollardan ortiq mablag' to'plashdi
Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
Ayodele kuni kecha Nigeriyada sodir bo'lgan halokatli YTHda vafot etgandi. Avtohalokatda Ayodeledan tashqari Entonining yana bir murabbiyi Sina Gami ham halok bo'ldi.
"Latc nafaqat fitnes va sog'lom turmush tarziga sodiqligi, balki xayriya ishlariga chuqur etiqod qo'ygani va oxiratni doimo yodda tutgani uchun ham jamoada keng hurmatga sazovor edi. Uning muntazam tashriflari etimlar va SPOT loyihasi bolalariga chuqur tasir ko'rsatdi. U har doim iliq tabassumda bolalar bilan samimiy aloqa o'rnatdi, ularni sport bilan shug'ullanish, rag'batlantirish va g'amxo'rlik qilish orqali qo'llab-quvvatladi", - deyiladi mablag' yig'ish saytidagi xabarda.
Eslatib o'tamiz, mudhish hodisa Lagos - Ibadan trassasida sodir bo'lgan, o'shanda Joshua o'tirgan Lexus mashinasi yo'lda turgan yuk mashinasiga borib urilgandi.

Fikrlar