So’nggi yangiliklar

14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0

14 sen 09:28
Yangiliklar

Dzyudo, Karate

Muzaffar sportchilarimiz tantanali ravishda kutib olindi FOTOREPORTAJ

Sakkiz kun davomida Rossiya Federaciyasining Qozon shahri Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'yinlariga mezbonlik qildi.

Ilk bor tashkil etilgan Hamdo'stlik o'yinlarida to'qqiz davlatdan bir yarim mingdan ziyod sportchilar medallar uchun bahs olib borishdi. Ushbu musobaqada o'zbekistonlik sportchilar 23 ta oltin, 32 ta kumush, 36 ta bronza, jami 91 ta medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinni egallashdi. 

Kecha oqshom MDH o'yinlarida muvaffaqiyatli tarzda qatnashgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Muzaffar sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosarlari Behzod Musaev, Aziz Abduhakimov (Turizm va sport vaziri), O'zbekiston xalq artisti Tesha Mo'minov ishtirok etdi. O'zbekiston hukumati ushbu musobaqada sovrindor bo'lgan sportchilarni pul mukofotini bilan taqdirladi.

Unga ko'ra sportchilarimiz quyidagicha taqdirlanishdi:

Oltin medal - 25 million so'm

Kumush medal - 15 million so'm

Bronza medal - 10 million so'm

Murabbiylar - 12 500 000 so'm

Eslatib o'tamiz, MDH o'yinlarida dzyudo bo'yicha terma jamoamiz yakkalik bahslarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni egallashdi. Jamoaviy bahslarda dzyudochilarimizga teng keluvchi raqib topilmadi. Rossiya (5:2) va Ozarbayjon (5:3) terma jamoalarini mag'lub etgan polvonlarimiz MDH o'yinlari chempioni bo'lishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing