12 okt 15:48
Yangiliklar
Dzyudo
Muzaffar To'raboev jahon chempioni bo'lgan eng yosh o'zbek dzyudochisi bo'ldi
Kecha -100 kg vaznli dzyudochimiz Muzaffarbek To'raboev jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi.
MOQ malumotiga ko'ra, To'raboev ushbu g'alaba orqali jahon reytingida 2000, Parij-2024 reytingi uchun esa 1000 ochko ishlab oldi.
Hozirda 27-o'rinni egallab turgan Muzaffarbek navbatdagi reytingda kuchli o'nlikka kirib oladi.
SHuningdek, To'raboev kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medal qo'lga kiritgan eng yosh (22 yosh) o'zbek dzyudochisiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar