29 jan 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA
"Muzliklarning eng cho'qqisi". Tayson Fyuri Maxmudov bilan jang anonsiga munosabat bildirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangini rossiyalik Arslanbek Maxmudovga qarshi o'tkazadi.
"Men sizlarga aytgandimku! Katta elonlar haqida gapirgandim! Men buni amalga oshirdim. Bugunoq jangga tayyorman. Keling! Aprel, Britaniya. Men to'rt yil yo'q bo'lib qoldim. Lekin hozir qaytdim.
O'zim bilan birga dunyodagi eng yirik striming platformasini olib keldim. Britaniyaga yana kim buni olib kela olardi? Bu muzliklarning eng cho'qqisi. Ketdik bolakay. Ketdik", - dedi Fyuri yangi elon qilgan videoroligida.
Havola :
Manba : Boxing Kingdom
Fikrlar