22 may 11:57
Yangiliklar
Futbol

MYU barcha davrlarning antirekordini takrorladi
Tunda “Manchester Yunayted“ Evropa ligasining finalida mag'lub bo'ldi.
Bu jamoaning joriy mavsumdagi 22-mag'lubiyati hisoblanadi. SHu tariqa, “qizil iblislar“ bir mavsumdagi mag'lubiyatlar soni bo'yicha antirekordni takrorladi. Jamoa bundan 51 yil muqaddam ham shunday natijaga erishgandi.
“Manchester Yunayted“ joriy mavsum APLda 18 ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. SHuningdek, Amorim jamoasi Angliya Superkubogi, Angliya kubogi, liga kubogi va Evropa ligasida bittadan mag'lubiyatga uchrashdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar