20 mar 22:10
Yangiliklar
Naiza 50. Uch nafar hamyurtimizning barchasi muddatidan avval mag'lub bo'ldi
Qo'shni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida joylashgan ADD Arena'da aralash jang sanatlari bo'yicha Naiza 50 musobaqasi o'tkazildi.
Afsuski, ushbu musobaqada jang qilgan uch nafar hamyurtimizning uchchalasi ham raqiblari oldida ojiz qoldi. Lazizxon O'zbekov va Hilola Sobirovalar chempionlik jangida qatnashib mag'lub bo'lgan bo'lsa, Amirxon Alixo'jaev ukrainalik raqibiga qarshi jangda imkoniyatni boy berdi.
Asosiy kard:
Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda Naiza chempionligi uchun: Hilola Sobirova (2-2) — Veronika Borisova (Rossiya, 5-0) - (2-raundda texnik nokaut bilan);
O'ta engil vaznda Naiza chempionlik kamari uchun: Lazizxon O'zbekov (5-4) — Dias Erengaipov (Qozog'iston, 14-3) - (4-raundda sabmishen bilan).
Prelim kard:
Engil vaznda: Amirxon Alixo'jaev (5-3) — Danil Donchenko (Ukraina, 6-1) - (2-raundda texnik nokaut bilan).
Fikrlar