So’nggi yangiliklar

20:50UFC Сидней турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 20:03Хитойда Мбаппе билан боғлиқ можаро сабабли Ла Лига ўйинлари трансляция қилинмайди 0 19:29Пëтр Ян UFC`нинг энг яхши уч жангчиси қаторига кирди 0 18:43RIZIN чемпиони Ражабали Шайдуллаев Волкановски билан жанг қилиш ниятида 0 18:11Хамзат Чимаев Шон Стриклендни исталган вазнда жангга чорламоқда 0 17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0 11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 1 11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0

20 jan 13:21
Yangiliklar

Tadbirlar

Namangan viloyatida sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Teglar :  VazirlikNamangan
Ishchi guruh azolarini Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazakov qabul qildi.

Vazirlar Mahkamasining topshirig'iga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “O'zbekistonda 2025 yil yoshlar o'rtasida IV Osiyo o'yinlarini o'tkazishni tashkil etish to'g'risida”gi qarorlari ijro holatini o'rganish bo'yicha Vazirlar Mahkamasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi masul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzildi.

Unga ko'ra, 18-21 yanvar kunlari Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Bosh mutaxassisi, ishchi guruh rahbari R.Talipov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari R.Ermatov, MOQ Bosh kotibi O.Kasimovdan iborat guruh Namangan viloyatida o'rganish ishlarini olib borishmoqda.

Ishchi guruh azolarini Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazakov qabul qildi. Do'stona ruhda o'tgan uchrashuvda viloyatda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilar va ularning ijtimoiy sharoiti, hududlarda muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzi targ'ibotining amaldagi holati, kelgusidagi rejalar xususida atroflicha suhbat olib borildi.

Unda Olimpiya sport turlari bo'yicha viloyat federaciya (bo'lim)lari tashkil qilinganligi hamda ularning faoliyati, shahar va tuman hokimiyatlarining Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik olib borayotgan viloyat sportchilarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, ushbu masalalar yuzasidan funkcional vazifalarning bajarilishi, mutasaddilarning masuliyati va javobgarligi, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritishi rejalashtirilayotgan sportchilar hamda ularning murabbiylariga yaratilgan sharoitlar, hududlardagi sport obektlarining faoliyati va yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar kabi masalalar yuzasidan o'zaro samimiy fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing