So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

27 jan 12:08
Yangiliklar

Sport kurashlari

Namanganda erkin kurash bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi

Namangan Olimpiya zaxiralari kollejida erkin kurash bo'yicha viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa yoshlarni sportga faol jalb qilish, iqtidorli sportchilarni qo'llab-quvvatlash, chekka hududlarda yashovchi yoshlarning ham sport bilan shug'ullanishi uchun imkoniyat yaratish masalalari davlatimiz va hukumatimizning doimiy etiborida desak mubolag'a bo'lmaydi.

Jumladan, Namangan viloyatida ham yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning natijasida ko'plab jahon va Osiyo chempionlari etishib chiqmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, sport kurashlari associaciyasi viloyat bo'limi hamda Namangan Olimpiya zaxiralari kolleji hamkorligida Namangan Olimpiya zaxiralari kollejida erkin kurash bo'yicha viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada qo'shni qirg'izistonlik sportchilar bilan birgalikda respublikamizning 9 ta viloyati hamda mezbon jamoa namanganliklar g'oliblik yo'lida bahs olib borishdi.

Mazkur turnirda 2003-2005 va 2006-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar hamda undan kichik yoshdagi 750 nafardan ziyod sportchilar 18 ta vaznda gilamga chiqishdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing