28 may 12:29
Yangiliklar
Sport kurashlari
Namanganda "O'zbek botirlari" xalqaro Gran-prisi boshlanyapti, unda Razambek Jamalov ham qatnashadi
28–30 may kunlari Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida joylashgan "Paxlavon" sport majmuasida yunon-rum va erkin kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi "O'zbek botirlari" xalqaro Gran-pri turniri tashkil etiladi.
Mazkur nufuzli turnir tartib bo'yicha uchinchi marotaba o'tkazilmoqda.
Musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Rossiya, Belarus, Saudiya Arabistoni, Franciya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Gruziyaning tajribari kurashchilari o'zaro bahs olib borishadi.
Xabar berishlaricha, turnirda O'zbekiston sharafini Razambek Jamalov, Umidjon Jalolov, G'ulomjon Abdullaev, SHerzod Poyonov, Aytjan Xalmaxanov, SHermuhammad SHaribjonov hamda Alisher G'aniev kabi taniqli sportchilar himoya qiladi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar