So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

31 mar 21:01
Yangiliklar

Velosport

Namanganda "Velosipedda sayr kuni" o'tkazildi

Mamlakatimizda o'tkazilayotgan navbatdagi sog'lomlashtirish tadbirlarida namanganliklar ham faol ishtirok etdi.

SHahar va barcha tumanlaridagi o'yingoh va xiyobonlar sog'lom turmush tarzi targ'iboti markaziga aylandi. Jumladan, Namangan xalqaro aeroportiga eltuvchi keng va ravon yo'l ertalabdanoq etti yoshdan etmish yoshgacha sog'liqni saqlash, xalq talimi, maktabgacha talim xodimlari, jamoat tashkilotlari va yoshlar vakillaridan iborat yuzlab havaskor velosportchilar bilan gavjum bo'ldi. 

– Yoshi ulug'lar bardamligi va tetikligini taminlashda velosportning ahamiyati katta, – deydi “Nuroniy” jamg'armasi qoshidagi sport to'garagi azosi Abbosxon ota Nasriddinov. – Uzoq umr ko'raman, sog'lom va baquvvat bo'laman degan otaxon va onaxonlarimiz velosipedda sayr qilishni muntazam yo'lga qo'yishlari lozim. 

Qiziqarli ommaviy tadbir bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Dastlab keksa avlod vakillari, keyin esa velosipedchi xotin-qizlarga start berildi. Ayniqsa, son jihatdan ko'proq bo'lgani uchun erkaklar o'rtasidagi musobaqa qizg'in kechdi. 

Musobaqalarga viloyat velosportchilar jamoasi vakillari hakamlik qildi. 

– “Velosipedda sayr kuni” sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratilgan boshqa turli ko'ngilochar tadbirlarni ham qamrab oldi, – deydi viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'ining manaviy-marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari A.G'oziev. – Ayniqsa, “Salomatlik maydonchalari” va “Sog'lom ovqatlanish yarmarkalari”dagi ko'rgazmalar, mutaxassislar tomonidan olib borilgan “Sog'lom turmush tarzi asoslari” va “Jismoniy faollikning inson organizmiga tasiri” mavzularidagi suhbatlar barchaga manzur bo'ldi. 

Tadbir yakuni bo'yicha eng faol keksa ishtirokchilar, eng yosh qatnashchilar, erkaklar va ayollar o'rtasida alohida mahorat ko'rsatgan velosipedchilar viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasining diplom va homiylarning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing