05 may 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue Ahmadalievning vaznida to'rtinchi marotaba mutlaq chempionligini muvaffaqiyatli himoya qildi
Bugun tongda Las-Vegasda (AQSH) yirik professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Uning markaziy bahsida ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue AQSH vakili Ramon Kardenasga qarshi ringga chiqib, uni TKO orqali mag'lub etdi va to'rtinchi marta ikkinchi eng engil vaznda mutlaq chempionlik unvonini himoya qildi.
Endi Naoya beshinchi urinishini 14 sentyabr kuni Tokioda o'zbekistonlik WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadalievga qarshi jangda sinab ko'radi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar