05 may 17:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue faoliyatidagi yubiley g'alabasini qo'lga kiritdi
Bugun tongda Las-Vegas (AQSH) shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tgandi.
Oqshomning asosiy jangida ikkinchi engil vaznda mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue amerikalik Ramon Kardenasga qarshi ringga chiqdi.
Xabaringiz bor, ushbu jang 8-raundda texnik nokaut evaziga Inouening g'alabasi bilan yakunlandi. Bu yaponiyalik sportchi uchun professional faoliyatidagi 30-g'alaba bo'ldi. U hozircha mag'lubiyatga uchramagan, hisobida durang ham yo'q.
Malumot uchun, Inoue endi navbatdagi jangini 14 sentyabr kuni Tokio shahrida o'tkazadi va unda Murodjon Ahmadalievga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar