05 noy 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue: "Ishonchni oqlayman"
Ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (28-0, 25 KO) Riyadh Season bilan imzolagan shartnomasi haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, hammasi vaqtga bog'liq. Bu yil o'tkazadigan jangim allaqachon hal qilingan. Kelgusi yilda nima bo'lishini esa bilmayman. Agar Saudiya Arabistonida jang qila olsam, umid va ishonchlarini oqlayman. O'ylaymanki, Yaponiyada qanday bo'lsa, Saudiyada ham shunday jang qilaman", dedi Inoue.
Eslatib o'tamiz, Naoyaning navbatdagi jangi 24 dekabr kuni Tokio shahrida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi bo'lib o'tadi. Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev aynan Inouening WBA kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar