07 may 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue kechagi g'alabasidan keyin ringning o'zida navbatdagi raqibini jangga chorladi
Birinchi yarim engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue kecha o'z yurtida ringga ko'tarilgandi.
Mutlaq jahon chempioni rasmiy davogar meksikalik Luis Neri bilan jang qilib, oltinchi raundda nokaut orqali g'alabaga erishgan va o'ziga tegishli kamarlarini qo'lida saqlab qolgandi.
Jangdan so'ng Inoue o'z kamarlarini sentyabr oyida IBF yo'nalishida majburiy davogar avstraliyalik bokschi Sem Gudman (18-0-0)dan himoya qilish niyatida ekanini aytdi va uni jangga chorladi.
Malumot uchun, Naoya Inoue navbat bo'yicha o'zining keyingi majburiy himoya jangini WBA yo'nalishida kamarga davogar bo'lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga qarshi o'tkazishi zarur.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar