08 jan 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue mutlaq chempionlik unvonini yo'qotadi, Ahmadaliev avtomatik ravishda to'laqonli chempionga aylanishi mumkin
Yaponiyalik bokschi, ikkinchi o'ta engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue WBA kamaridan mahrum bo'lishi kutilmoqda.
Hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, Inoue meksikalik Alan Pikasso bilan jang qilishga rozi bo'lgan. SHu sababli, u WBA kamaridan mahrum bo'ladi. Vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliev esa to'laqonli chempion deb elon qilinadi.
Lekin, bu Inoue - Ahmadaliev jangi o'tkazilmaydi degani emas. Xirn ular o'rtasidagi jangni 2025 yil oxirida tashkil etishga urinib ko'rmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Naoya Inoue 24 yanvar kuni IBF yo'nalishi bo'yicha davogar Sem Gudmanga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : The Stomping Ground
Fikrlar