13 dek 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue mutlaq jahon chempionligigi qo'lga kiritgan birinchi Osiyo bokschiga aylandi + VIDEO
Biroz avval eng engil vazn toifasida WBC, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni yaponiyalik Naoya Inoue hamda WBO kamari sohibi britaniyalik Pol Batler o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi yakunlandi.
Jangning 11-raundida Inoue Batlerni nokaut bilan mag'lub etib, eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'ldi.
Malumot uchun, Naoya Inoue tarixda to'rtta asosiy kamarni qo'lga kiritgan birinchi osiyolik bokschi bo'ldi. Inoue mutlaq chempionlik kamarlarini himoya qilmaydi. Sababi jang oldidan bokschi bir divizion tepaga — birinchi engil vaznga o'tishini aytgan edi.
Havola :
Manba : FightSpace
Fikrlar