26 iyu 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue navbatdagi raqibiga "vyzov" tashladi va jangga rozilik oldi
30 yoshli yaponiyalik jangchi Naoya Inoue navbatdagi jangini filippinlik Marlon Tapalesga qarshi o'tkazadi.
Uch vazn toifasiga ko'ra jahon chempioni sanalgan yapon "samurayi" amerikalik Stiven Fultonni mag'lub qilganidan keyingi jangini o'tkazadi. Inoue va Tapales o'zaro kelishuvga erishdi va qo'l siqishib rasmga tushdi.
Tapales WBA va IBF da ikkilamchi engil vazn toifasida chempion hisoblanadi. Faoliyati davomida u 40 jang o'tkazib, 37 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan.
Inoue so'nggi jangida Fultonni sakkizinchi raundda mag'lub qilgandi. O'shanda Stiven nokdaun holatiga tushib qolib, bir qancha zarbalarni o'tkazib yuborgan va natijada hakamlar jangni yakunlashgandi. Yaponiyalik engilmas bokschi 25 jangining (22 nokaut) barchasida g'alaba qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar