06 may 16:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue: "Nokdaun meni hayratda qoldirdi, lekin o'zimni yig'ib oldim"
Yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue amerikalik Ramon Kardenas ustidan qozongan g'alabasi haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
"Bu jangni tomosha qilgan barcha mening og'ir janglar o'tkazishni yaxshi ko'rishimni tushungan bo'lsa kerak. Nokdaundan juda hayratlandim, lekin o'zimni xotirjam tutdim va yig'ib oldim. Bu erdagi muxlislarning qo'llab-quvvatlovi shunchaki hayratlanarli edi.
Umid qilamanki, men ularni xursand qila oldim. Jangning birinchi yarmida masofani yaxshi his qildim. Ikkinchi yarmida raqibimning biroz bo'shashganini his etdim. SHundan keyin men hech qachon bunday zarbani o'tkazib yubormasligimga ishonch hosil qildim.
Imkoniyatlarga asoslanib, katta farq borligini bilib turgandim. Lekin raqib kuchli ekanini ham bilardim. Biroq, boks ko'ringanidek oson emas", dedi Inoue.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar