06 may 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue: "Sentyabrda bor kuchimni ishga solishga harakat qilaman"
Professional boksning ikkinchi eng engil vaznida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue amerikalik Ramon Kardenas ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
"Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Men hammasini ajoyib o'yin bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldim — bu haqiqiy shou edi. Balki haqiqatan ham "Oltin haftalik"da qandaydir ruhlar yashiringandir. Endi biroz dam olaman, keyin esa sentyabr oyida yana bor kuchimni ishga solishga harakat qilaman. Bu jamoa eng kuchli va ishonchli jamoa", deb yozdi Inoue o'zining X (Twitter) sahifasida.
Malumot uchun, Naoyaning keyingi jangi 14 sentyabr kuni Tokioda o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievga qarshi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : x.com/naoyainoue_410
Fikrlar