12 may 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue yuqori vaznga ko'tarilishi mumkinligini malum qildi
Ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue divizion bilan bog'liq o'zgarishlar haqida gapirdi.
"Yarim engil vazn (57,1 kg) — mening chegaram. Men yuqori vazn toifasiga o'tishga qiziqmayman. Agar mening bo'yim 170 sm bo'lganida edi, bu boshqa masala bo'lardi.
Ammo qancha vaznga ega bo'lishimning fiziologik chegarasi bor. Hatto ikkinchi eng engil vaznda ham men asta-sekin mushaklarni yig'a boshladim, jismoniy holatimni rivojlantirdim va qiyinchiliklarga duch keldim. Men hali yarimengil vazn toifasida o'zimni sinab ko'rmadim, undan yuqoriroq divizionlar haqida o'ylay olmayman", dedi Inoue.
May oyi boshida Naoya amerikalik Ramon Kardenasni 8-raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgandi. U endi 14 sentyabr kuni Tokioda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar