So’nggi yangiliklar

12:09"Трактор" бош мураббийи Ҳамробековга Ўмонга боришни маслаҳат берди 0 11:38Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 11:07Шавкат Раҳмонов Майкл Моралес билан жанг қилишга тайёр 0 10:36Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизнинг иштирокига гувоҳ бўламиз 0 10:05"Хоразм" "Нефтчи" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди 0 09:34Қудратилло Абдуқаҳҳоров Австралияда камар учун жанг қилади 0 09:03"Боладан конфет олиб қўйишдек осон". Хирн Уайт билан можаро ҳақида гапирди 0 08:32Нодирбек Абдусатторов: “Кўп хатолар психологиядан келиб чиқади” 0 08:01Роналду Мессининг хайрлашув постига жавоб қайтарди 0 18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0

16 sen 18:24
Yangiliklar

Futbol

"Nasaf"ning Osiyo CHempionlar Ligasi 2 musobaqasi 1-turidagi raqibi haqida

Teglar :  Nasaf
Bugun "Nasaf" klubi Osiyo CHempionlar Ligasi-2 musobaqasining 1-turi doirasida Bahraynning" Al Xaldiya" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to'xtalib o'tamiz.

“Al Xaldiya” Bahrayn futbolining eng yosh klublaridan biri hisoblanadi. Jamoa 2020-yil 27-oktabrda tashkil etilgan va qisqa vaqt ichida mamlakatning etakchi klublaridan biriga aylangan.

Jamoa muxlislar orasida Lions of Bahrain (Bahrayn sherlari) nomi bilan tanilgan.

“Al Xaldiya” o'z uy uchrashuvlarini Riffa shahrida joylashgan Bahrayn Milliy stadionida o'tkazadi. Mazkur arena 24 mingdan ortiq muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.

Klub qisqa tarixiga qaramay, Bahrayn futbolida bir qator sovrinlarni qo'lga kiritishga ulgurgan. “Al Xaldiya” 2 karra Bahrayn chempioni, 2 karra Bahrayn Qirol kubogi hamda 4 karra Bahrayn Superkubogi sohibi hisoblanadi.

Jamoa 2022/23 va 2023/24-yilgi mavsumlarda ketma-ket ikki bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. 2025/26-yilgi mavsumda esa “Al Xaldiya” chempionlik uchun so'nggi turgacha kurash olib bordi va 54 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. CHempion Al Muharraq 55 ochko jamg'ardi.

“Al Xaldiya” shu vaqtga qadar Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan o'tkaziladigan rasmiy klub musobaqalarida 15 ta uchrashuv o'tkazgan. Bahrayn vakili ushbu bahslarning 5 tasida g'alaba qozongan, 4 uchrashuvda durang qayd etgan va 6 marta mag'lubiyatga uchragan.

Jamoaning Osiyo maydonidagi eng yaxshi natijasi 2024/25-yilgi mavsumga to'g'ri keladi. “Al Xaldiya” Osiyo CHempionlar Ligasi 2 musobaqasi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, nimchorak finalga qadar etib borgan. Ushbu bosqichda jamoa Eronning Traktor klubiga ikki o'yin natijasiga ko'ra imkoniyatni boy bergan.

O'tgan mavsumda esa “Al Xaldiya” Osiyo CHempionlar Ligasi-2 guruh bosqichida Al Ahli, Andijon va Arkadag bilan bir guruhdan joy oldi. Bahrayn klubi 6 uchrashuvda 1 g'alaba, 3 durang va 2 mag'lubiyat qayd etib, 6 ochko bilan guruhda uchinchi o'rinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

“Al Xaldiya”ni ayni paytda xorvatiyalik mutaxassis Goran Tomich boshqarmoqda. 49 yoshli murabbiy faoliyati davomida Xitoy, BAA va Saudiya Arabistoni klublarida ham ishlagan.

Jamoa yozgi transfer oynasida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirdi. Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi yarim himoyachisi Patrik Masvanganyi Orlando Payretsdan “Al Xaldiya” safiga kelib qo'shildi. SHuningdek, shimoliy makedoniyalik himoyachi Darko Velkovski, marokashlik Abdelhak Assal, Valid Sabbar hamda xorvatiyalik Domagoy Drojek kabi futbolchilar jamoa safiga qo'shildi.

Bundan tashqari, braziliyalik Gleison Moreira hamda Bahrayn terma jamoasi vakillaridan Mehdi Humaidan va Mohamed Adel kabi futbolchilar jamoaning muhim o'yinchilari hisoblanadi.

“Al Xaldiya” yangi mavsumni ham yuqori natijalar bilan boshladi. Jamoa Bahrayn chempionatining dastlabki turida Al Najmani 7:2, ikkinchi turda A'Alini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Uchinchi turda esa Al-Riffa bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi. SHu tariqa, Goran Tomich shogirdlari dastlabki uch uchrashuvda 7 ochko jamg'arib, raqiblar darvozasiga 10 ta gol kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar Ligasi-2 musobaqasining 1-turidan o'rin olgan “Al Xaldiya” — “Nasaf” uchrashuvi bugun Bahraynda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing