03 may 19:40
Yangiliklar
Navbat - Kazan Grand Slam turniriga + ARENADAN FOTO
Jahon chempionati oldidan o'tkaziladigan so'nggi IJF turnirida sayyoramizning 5 qitasi 83 davlatidan jami 420 (252 erkak, 168 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadi. Qozon tatamilarida 15 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Murabbiylar shtabi bu safar asosan yoshlarga urg'u qaratgan.
Ayni paytda musobaqa o'tkaziluvchi "Tatneft Arena"da tatamilarni to'shash jarayoni davom etmoqda. Bellashuvlar 3 ta tatamida tashkil etiladi. Dzyudochilar uch kun davomida jami 14 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi. G'oliblar 1000, kumush medal egalari 700, bronza medal sohiblari 500 reyting ochkosiga ega bo'ladi.
Qozon "Katta Dubulg'a" musobaqasiga mezbonlik qilgan Rossiyaning to'rtinchi shahriga aylanadi. Qozonga qadar Moskva, Tyumen va Ekaterinburg shaharlarida "Katta Dubulg'a" turniri o'tkazilgan edi.
Fikrlar