So’nggi yangiliklar

12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0 10:57Полина Кудерметова иштирокидаги баҳс иккинчи сетда тўхтатилди 0 10:29Синдаров ҳамон Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 пешқадамлар сафида 0 10:03Яна бир ЖЧ-2026 плей-офф иштирокчиси мураббийи билан хайрлашди 0 09:38Ян Блахович нокаутга учраганидан кейинги ҳолатини кўрсатди (ФОТО) 0 09:12Маҳмуд Мурадов UFC'да жанг қилиши керак бўлган рақибига "вызов" ташлади 0 08:40UFC 331 турнирининг асосий жанги маълум — манба 0 08:03Жаҳон чемпиони "Барселона"да қолиши учун клуб нима қилиш кераклигини айтди 0 19:02Ислам Махачев фаолиятини давом эттиришга нима туртки бераётганини айтди 0 18:28Шахмат. Ўзбекистон дунё рейтингида яна бир поғона юқорилади 0 17:45WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди, энг яхши ўрин Исроил Мадримовда 0 17:12Бразилиядаги ўйин вақтида 15 ёшли футболчи отиб ўлдирилди 0 16:30“Усман Топурияни тўрт раунд ичида тўхтатади” - менежер 0 15:48"Ислам учун бу узоқ тун бўлиши мумкин" - эксперт Махачев - Гарри жанги ҳақида гапирди 0

07 may 16:53
Yangiliklar

Sport kurashlari

Navbatdagi Olimpiada medali uchun harakatmi? O'zbekiston yana bir dog'istonlik erkin kurashchini mahalliylashtirdi

Xabar berib borayotganimizdek, Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston kubogi o'tkazilyapti.

Kecha turnir doirasida erkin kurash bo'yicha bellashuvlarga start berilgandi.

Qizig'i, 65 kg vazn toifasida o'tkazilgan bahslarda asli dog'istonlik Alik Xadarcev ham ishtirok etib, oltin medalga ega chiqdi. U 2024 yilgi O'zbekiston chempionatiga ham jalb etilib, yakunda g'olib bo'lgandi.

Final bellashuvida Xadarcev O'zbekiston terma jamoasining ushbu vazn toifasidagi etakchi sportchisi Umidjon Jalolovdan ustun keldi.



Wikipedia malumotlariga ko'ra, 25 yashar Xadarcev sport fuqaroligini O'zbekistonga o'zgartirgan. U faoliyati davomida o'smirlar o'rtasidagi Rossiya chempioni (2016), O'smirlar o'rtasida Evropa chempioni (2016), Yoshlar o'rtasidagi Rossiya chempionatida bronza medali sohibi (2019), U21 yosh toifasidagi Rossiya chempionatida oltin (2020), MDX mamlakatlari o'yinlarida oltin (2021) hamda kattalar o'rtasidagi Rossiya chempionatida bronza (2023) medallarini qo'lga kiritgan.

Avvalroq, O'zbekiston sport kurashlari assosiaciyasi 74 kg vazn toifasida Rossiya vakili Razambek Jamalovni mahalliylashtirib, Parij-2024 Olimpiadasida oltin medalga ega chiqqandi.

Alik bilan bog'liq malumotni O'zbekiston sport kurashlari assosiaciyasi matbuot xizmati tasdiqlashi mumkin edi, ammo u mavjud emasligi achinarli.

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston kubogining ilk kungi natijalari:

57 kg:

1. Usmonov Husanboy (ROPSTTM)

2. Usmonov Qarshi (Surxondaryo)

3. Tojimamatov Amirxon (Andijon)

3. Abdurasulov Asliddin (Surxondaryo).

65 kg:

1. Xadarcev Alik (Toshkent shahri)

2. Jalolov Umidjon (ROPSTTM)

3. Haydaraliev Nurmuhammad (Namangan)

3. Qo'ldoshev Muhammadqodir (ROPSTTM).

74 kg:

1. Otaxonov Zafar (ROPSTTM)

2. CHo'liboev Jafar (Toshkent viloyati)

3. Kamolov Zafar (Xorazm)

3. Urdoshev Amir (Jizzax).

86 kg:

1. Islomov Bobur (ROPSTTM)

2. Maxsetbaev Aybek (Qoraqalpog'iston)

3. Tojiboev Iskandar (ROPSTTM)

3. Ro'zimboev Boburbek (ROPSTTM).

97 kg:

1. Nazirboev Otabek (ROPSTTM)

2. Saparniyazov Ajiniyaz (Qoraqalpog'iston)

3. Azimov Boymurod (Surxondaryo)

3. Rajabov Mironshoh (Buxoro).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing