12 apr 18:24
Yangiliklar
Navro'zov, Assakalov, Abdullaev yoxud Osiyo chempionatida kurashadigan tarkibimiz aniq
Qitamizning eng kuchli polvonlarini jamlaydigan musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi.
O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi qita birinchiligida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan atletlarimiz nomini malum qildi. Unda Rio-2016 sovrindori Ixtiyor Navro'zov, shuningdek, Mo'minjon Abdullaev, Rustam Assakalov, Aram Vardanyan, G'ulomjon Abdullaev kabi polvonlarimizni uchratish mumkin. To'liq tarkib esa quyidagicha:
Erkin kurash:
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev
-61 kg: Jahongirmirza Turobov
-66 kg: Abbos Rahmonov
-70 kg: Begijon Kuldashev
-74 kg: Ixtiyor Navro'zov
-79 kg: Jasurbek Usmonohunov
-86 kg: Bobur Islomov
-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov
-97 kg: Muhammadrasul Rahimov
-125 kg: Sardorbek Xolmatov
Yunon-rum kurashi:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev
-60 kg: Feruz To'xtaev
-63 kg: Islomjon Bahromov
-67 kg: Mahmud Baxshulloev
-72 kg: Mirzobek Rahmatov
-77 kg: Aram Vardanyan
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov
-87 kg: Rustam Assakalov
-125 kg: Mo'minjon Abdullaev
Ayollar kurashi:
-50 kg: Jasmina Immaeva
-53 kg: Aktenge Keunimjaeva
-55 kg: Sarbinaz Jienbaeva
-57 kg: SHohida Ahmedova
-59 kg: Dilfuza Aimbetova
-62 kg: Nabira Esenbaeva
-65 kg: Ariuxan Jumabaeva
-68 kg: Azoda Esbergenova
-72 kg: Svetlana Oknazarova
-76 kg: Valentina Toreniyazova
Terma jamoamiz hozirda poytaxtimizdagi "Dinamo" sport bazasida so'nggi tayyorgarlikni olib bormoqda.
Fikrlar