18 sen 17:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Nemkov MMA tarixidagi kuchli Top-6 jangchilarini aytdi
Yarim og'ir vaznda yangi Bellator chempioni Vadim Nemkov MMA tarixidagi o'zi kuchli deb hisoblaydigan 6 nafar jangchining ism-sharafini oshkor etdi.
"Birinchi o'ringa Fyodor Emelyanenkoni qo'yaman. Bu tanlovda qiylanmayman. Lekin qolgan besh jangchini o'rinlar bo'yicha joylashtirib chiqish men uchun biroz mushkul. Top-6 reytingida Xabib Nurmagomedov, Daniel Korme, Stipe Miochich va Jon Jonsni ko'rishni istardim.
O'ylashimcha, Konor Makgregor ham ushbu ro'yxatda bo'lishga haqli. Irlandiyalik bizning sport turimizni ommalashishiga xizmat qilib kelmoqda", – dedi Nemkov.
Malumot uchun, 28 yoshli Nemkov MMAda 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alabaga erishgan. To'qqizta jangni muddatidan avval yakunlagan. Hisobida ikkita mag'lubiyat bor. U 37 yoshli Rayan Beyderni mag'lubiyatga uchratib, yarim o'rta vaznning yangi chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar