29 mar 19:12
Yangiliklar
Netflix Rouzi - Karano jangi oldidan obuna narxlarini oshirdi
Bu haqda MMAMania nashri xabar bermoqda. UFC sobiq chempioni Ronda Rouzi 16 may kuni Los-Anjelesda tashkil etiladigan turnirda Jina Karanoga qarshi jang qiladi. SHuningdek, kardda Frensis Ngannu, Neyt Dias, Junior dos Santos singari yulduz aralash yakka kurash ustalari ham ishtirok etadi. Turnir Netflix’da eksklyuziv tarzda translyaciya qilinadi.
AQSHdagi obunachilar uchun yangi narxlar:
Reklama bilan standart - oyiga 8,99 dollar (avvalgi narxi - 6,99 dollar).
Reklamasiz standart - 19,99 dollar (15,49 dollar edi).
Reklamasiz premium - $26,99 ($22,99 edi).
Narxlarning oshishi so'nggi yillarda ayollar MMA’sidagi eng shov-shuvli voqealardan biriga aylanadigan keng ko'lamli MVP shousiga tayyorgarlik fonida sodir bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Ronda Rouzi 2016 yilda ikki marta nokaut bilan mag'lubiyatga uchragach, faoliyatini yakunlagandi. Karano esa 2009 yildan beri jang o'tkazmagan. MVP - bloger-bokschi Jeyk Polning promousheni hisoblanadi.

Fikrlar