12 jan 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Neyt Dias - Dastin Pore jangining yangi muddati malum
UFC rahbariyati Neyt Dias va Dastin Pore o'rtasida jang o'tkazish g'oyasidan voz kechgani yo'q.
Bu haqda tashkilotga yaqin manbalar xabar bermoqda.
"UFC Neyt Diasni mart oyida jang qilishga ko'ndiradi. Uning shartnoma muddati uzaytirilishi aynan shu jangga rozilik berishi bilan bog'liq. Dastin Pore allaqachon bu jang uchun tayyor ekanini malum qilgan. Hamma gap Diasning o'zida qolyapti", - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Dastin Pore qisqa muddat bo'lishiga qaramay, Neyt Dias bilan jang taklifini qabul qilgandi. Lekin UFC bilan bitta jang uchun shartnomasi qolgan Dias fikrini o'zgartirgan edi.
Malumot uchun, 5 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida UFC 272 turniri bo'lib o'tadi. Katta ehtimol bilan Neyt Dias - Dastin Pore jangi ushbu UFC oqshomida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar