24 mar 11:41
Yangiliklar
Neyt Diasning Jeyk Pol ligasidagi jangi uchun qancha gonorar olishi malum
"Men eshitdimki, Neyt Dias bo'lajak jangi uchun 10 million dollardan ko'proq gonorar oladi. O'ylashimcha, u Konor bilan jang uchun ham shuncha pul olishi mumkin edi, agar uni oktagonga qaytarishsa. Agar Neyt g'alaba qozonsa, u hali ham UFC oktagonidagi bu jangni qo'lga kiritishi mumkin", - dedi Rogan.
Bir kun avval UFC rahbari Dana Uayt Neyt Dias tashkilotga qaytish bo'yicha muzokaralar olib borgani, biroq Jeyk Polning ligasidan "rad etib bo'lmaydigan taklif" olgani haqidagi malumotni tasdiqlagandi.
16 may kuni Los-Anjelesda MMA bo'yicha Most Valuable Promotions promoushenining birinchi turniri bo'lib o'tadi. Uning asosiy voqeasi yarim engil vazn toifasida Ronda Rouzi va Jina Karano o'rtasidagi ayollar jangi bo'ladi.

Fikrlar