15 iyu 07:29
Yangiliklar

Neyt Diaz UFC shtab kvartirasini tahqirlaganining sababini aytdi
O'shanda amerikalik MMAchi navbatdagi jangiga oydinlik kiritish maqsadida shtab-kvartiraga boradi.
"So'nggi bor uchrashganimizda u: "Yaxshi, hammasini gaplashib olamiz. Men hozir besh daqiqada qaytaman", - deya Xanter bilan binodan yugurib chiqib ketgan edi. O'shanda men ko'chaga chiqib, UFC shtab kvartirasining orqa hovlisida o'z hojatimni chiqardim. Ularning ofisidan qandaydir ahmoqona buyum o'g'irlamoqchi edim, ammo tuzukroq narsa ham yo'q ekan. SHu sabab men orqa hovlida shu ishni qildim", - deya takidlagan Neyt jurnalist Ariel Xelvanining TheMMA Hour dasturiga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Neytning UFC bilan yana bitta janglik kelishuvi qolgan.
Eslatib o'tamiz, Neyt so'nggi bor 2021 yilning 13 iyunida Leon Edvardsga qarshi jang qilgan edi. Avvalroq, Diaz tezroq UFC'dan ketmoqchiligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar