27 sen 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu Fyuriga qarshi jang oldidan qanday holatda ekanligini ko'rsatdi + FOTO
UFCning og'ir vaznidagi sobiq chempioni Frensis Ngannu o'z ijtimoiy tarmoqlariga yangi surat joyladi.
Ayni damda Ngannu professional boks bo'yicha WBC talqiniga ko'ra jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi bahsga tayyorgarlik olib bormoqda. Jang 28 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida boks qoidalariga ko'ra o'tkaziladi.
Ngannu UFCda umumiy hisobda 20 jang o'tkazgan bo'lsa, shularning 17tasida g'alaba (12 nokaut) qozongan va 3 marta mag'lub bo'lgan. Fyuri esa boksdagi faoliyatida 34 jangining 33tasida raqiblarini tor-mor qilgan, qolgan bir jang esa durang bilan yakun topgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar