24 may 08:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu Jon Jons bilan jang uchun Dana Uaytga shartini aytdi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu tashkilot prezidenti Dana Uaytga murojaat qildi.
Ngannuning so'zlariga ko'ra, Uayt Jon Jons bilan jangni tashkil qilish uchun PFL bosh direktori Piter Myurrey bilan bog'lanishi kerak.
"Agar haqiqatan ham Jon Jons bilan jang qilishimni istasang, PFL bosh direktori Piter Myurrey bilan bog'lan. Joy muhim emas. Aslida kim qo'rqoq? Jon, men yoki senmi? Bir qarorga kel!", - deb yozdi Ngannu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Ngannu yaqinda PFL promousheni bilan shartnoma imzolagandi. Kelishuv doirasida Frensis boks musobaqalarida qatnashishi mumkin. SHartnomaga ko'ra, u keyingi yilning boshida promoushendagi ilk jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar