17 jan 18:34
Yangiliklar
Ngannu ketganidan keyin UFC og'ir vazn toifasidagi eng qimmat jangchi kim ekani ochiqlandi
Aynan u ketguniga qadar og'ir vazn toifasidagi eng katta gonorarga ega jangchi bo'lgan. Endi bu maqom yarimog'ir vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jonsga tegishli. Bu xabarni uning menejeri Richard SHefer tasdiqladi.
"UFC Jon Jonsning qanday kuch va etiborga ega ekanini juda yaxshi biladi. U iqtidor egasi. Jon og'ir vaznning eng ko'p haq oluvchi jangchisiga aylandi. UFC ham biz bilan shartnoma imzolaganidan manfaatdor va tabiiyki xursand. Xanter Kempbellning menga aytishicha, Jons tashkilot tarixida barcha vaznlar bo'yicha Konor Makgregordan keyin ikkinchi eng qimmat jangchiga aylanadi", — deya SHeferning so'zlarini keltiradi MMA Mania.
Eslatib o'tamiz, UFC 285 turniri doirasida Jon Jons Siril Ganga qarshi chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar