31 jan 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu Tayson Fyuri bilan jang qachon bo'lib o'tishi mumkinligini aytdi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu WVC chempioni Tayson Fyuriga qarshi jang haqida gapirdi.
"Men uning vakillari bilan gaplashdim, ammo u hozir Aleksandr Usik bilan jang tashkil qilish bilan band. Usik bilan jang o'tkazmagunicha Fyuri men bilan uchrashmaydi. Biroq men bu jangdan oldin kelishuvga erishishga harakat qilyapman.
Bu menga boks ringida jangga tayyorlanish imkoniyatini beradi. Taqvim bilan bog'liq muammolarim yo'q. Umid qilamanki, Fyuri bilan jangimiz iyun yoki iyul oylarida bo'lib o'tadi", - dedi Ngannu.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar