02 sen 08:25
Yangiliklar
Tennis
Nigina Abduraimova o'zidan 106 pog'ona quyidagi tennischiga yutqazdi
Niderlandiyaning Overeysel provinciyasi Oldenzal shahrida tennis bo'yicha WTA 40 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etayotgandi. Afsuski, turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan mamlakatimizning birinchi raketkasi 1/4 finalda reytingda o'zidan 106 pog'ona pastda borayotgan niderlandiyalik Eva Vedderga 4/6, 2/6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Abduraimova WTA reytingida 194, Vedder roppa-rosa 300-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar