27 jan 16:20
Yangiliklar
Nigina Abduraimova Punada bosh sovrin uchun o'ynaydi
Mukofot jamg'armasi 40 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi hozirgina yakuniga etgan 1/2 final uchrashuvida qiyin g'alabaga erishdi.
Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Abduraimova final chiptasi uchun kechgan bahsda turnirning ettinchi raketkasi, rossiyalik Valeriya Savinixni 6/4, 2/6, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi edi - 3:0.
Taqqoslash uchun, Nigina WTA reytingida 176, Valeriya esa 245-o'rinni egallab turibdi. Ertaga Abduraimova Puna turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida musobaqaning birinchi raketkasi, WTA reytingida 71-o'rindan joy olgan germaniyalik Tatyana Mariyaga qarshi kortga chiqadi. U yarim finalda hindistonlik Ankita Raynadan 6/3, 6/1 hisobida ustun keldi.
Fikrlar