05 apr 10:01
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/258097_220.jpg)
Nigina Abduraimova yakkalik bahsida ham zafar quchdi
Xorvatiyaning Split shahrida tennis bo'yicha ITF W40 Split Women turniri davom etmoqda.
Ushbu musobaqada o'z omadini sinab ko'rayotgan hamyurtimiz Nigina Abduraimova juftlik bahslarida 1/4 finalga yo'l olgan edi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalik bahsida ham muvaffaqiyatli start oldi. Abduraimova xorvatiyalik Yana Fettni 6/3, 7/6(2) hisobida taslim etdi. Endi u 1/8 finalda rossiyalik Anastasiya Gasanovaga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova WTA reytingida 180, Yana Fett 249-o'rinni egallab turibdi. Niginaning rossiyalik raqibasi esa 273-pog'onada joylashgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar